• Bosh saxifa
  • Yangiliklar
  • TOSHKENTDA QIMMATLI QOG'OZLAR BO'YICHA XALQARO TASHKILOT KOMISSIYALARI BILAN UCHRASHUVLAR BO'LIB O'TDI

TOSHKENTDA QIMMATLI QOG'OZLAR BO'YICHA XALQARO TASHKILOT KOMISSIYALARI BILAN UCHRASHUVLAR BO'LIB O'TDI

O'zbekiston fond bozorini tartiblashtirish masalalari bo'yicha boshqa mamlakatlar bilan o'zaro hamkorlikni yanada kengaytirish tadbirlari doirasida joriy yilning 24 sentyabridan 2 oktyabrь kunlari qimmatli qog'ozlar bo'yicha xalqaro tashkilot komissiyalari bilan uchrashuvlar bo'lib o'tdi. Bo'lib o'tgan uchrashuvlarda ushbu tashkilotning katta maslaxatchisi Izabelь Pastor va mustaqil maslaxatchi Filis Sela xonimlar ishtirok etdilar.

Qimmatli qog'ozlar bo'yicha xalqaro tashkilot komissiyalari 1983 yilda tashkil topgan bo'lib, u ishbilarmonlar doirasida qimmatli qog'ozlar komissiyasi deb nomlanadi va qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga soluvchi milliy organlarni o'zaro birlashtiradi. Shtab-kvartirasi Madridda joylashgan ( Ispaniya).

Dunyoning 128 ta mamlakati IOSCOga teng huquqli a'zo bo'lib, jami a'zolari 220 ta davlat, nodavlat va xalqaro tashkilotlardan iborat.

IOSCO delegatsiyasining tashrifidan ko'zlangan asosiy maqsad, O'zbekistonning qimmatli qog'ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazini ІOSSOga a'zo mamlakatlar bilan o'zaro hamkorligini yo'lga qo'yish bo'yicha takliflarni ishlab chiqishdir.

                                                                   Davlat raqobat qo'mitasi axborot xizmati